Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-iyun oylarida avtomobil transporti xizmatlari boʻyicha Namangan (117,1 %), Sirdaryo (116,9 %), Andijon (114 %), Navoiy (113,6 %) va Toshkent (112,5 %) viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida (115,1 %) nisbatan yuqori oʻsish surʼatlari kuzatilgan.