11/06/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, axborot va aloqa tarmog‘ining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 2,4 % ni tashkil etdi.

Mazkur tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymati tarkibida asosiy ulush aloqa xizmatlariga (simli va mobil aloqa xizmatlari, internet tarmog‘i va boshqalarga) to‘g‘ri keldi va 52,5 % ni tashkil etdi.

Tarmoqda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatning qolgan 47,5 foizi axborot va aloqaning boshqa tarmoqlari (nashriyot faoliyati, kompyuter dasturlashtirish sohasidagi faoliyat, dasturlar yaratish bo‘yicha faoliyat, teleko‘rsatuv va radio-eshittirish v.b.) hissasiga to‘g‘ri keldi.