2024- yilning yanvar-aprel oylarida Sirdaryo viloyatida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 10,6 mln. AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 14,0 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 12,2 % ni tashkil etdi.