07/06/2024

Joriy yilning 7- iyun kuni viloyat statistika boshqarmasida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 30- maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-200-son qarori mazmuni va mohiyati to‘g‘risida oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarmaning Bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova ushbu hujjatga asosan tadbirkorlar bilan muloqotni tashkil etish maqsadida, Respublika komissiyasi, hududlarda esa hududiy ishchi guruhlari tuzilganligi, ularning asosiy vazifalari belgilanganligi va muloqotni tashkil etish sxemasi tasdiqlanganligi va boshqalar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.