06/06/2024

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi xodimlari tomonidan Guliston tibbiyot va IT texnikumida “Aholini ro‘yxatga olishning ahamiyati” mavzusida seminar  o‘tkazildi.

Seminarda viloyat statistika boshqarmasi bo‘limi mutaxassislari, texnikum o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Seminar davomida viloyatdagi mavjud barcha shahar va tuman sxematik xaritalari hamda mahalla va qishloq aholi punktlarining chizma rejalarini tayyorlash, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.  

Seminar yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga boshqarma mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.