28/05/2024

2024- yilning 1- may holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 12 768 tani tashkil etib, 82,4 foizini (10 522 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Guliston shahri – 3 019 ta

Sirdaryo tumani – 1 605 ta

Mirzaobod tumani – 1 118 ta

Boyovut tumani – 1 180 ta

Guliston tumani – 988 ta

Sayxunobod tumani – 957 ta

Sardoba tumani – 1 022 ta

Yangiyer shahri – 904 ta

Oqoltin tumani – 844 ta

Xovos tumani – 795 ta

Shirin shahri – 336 ta