24/05/2024

2024- yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarida parrandalar bosh soni 3 651,9 mingtaga yetdi. Parrandalar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi – 1 820,8 ming bosh qishloq xo‘jalik korxonalarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.

Parrandalar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, parrandalar bosh sonining 8,5 % fermer xo‘jaliklari hissasiga, 41,6 % dehqon va tomorqa xoʻjaliklariga hamda 49,9 % qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelishini qayd etib oʻtish lozim.