Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-dekabrida avtomobil transportida yuk tashish 664,6 mln.t yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 109,3 % ni tashkil etdi.
Shundan eng ko‘pi kichik korxona va mikrofirmalar bo‘lib, 440,3 mln.t ni tashkil etdi.