Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilning yanvar-mart oylarida qiymati 775,7 mln AQSH dollarlik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich umumiy eksportning 12,2 % ini tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,9 % ga oshgan.
Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor toʻqimachilik mahsulotlari (37,7 %), kalava-ip (46,8 %) asosiy ulushni egallagan.
2024-yilning yanvar-mart oylarida dunyoning 55 ta davlatiga toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
Toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida:
Kalava-ip – 363,4 mln
Tayyor toʻqimachilik mahsulotlari – 292,5 mln
Trikotaj mato – 69 mln
Gazlamalar – 39,3 mln
Paypoq mahsulotlari – 11,5 mln