06/05/2024

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-aprel holatiga, Oʻzbekistonda boqilayotgan jami parrandalar soni 96,7 milliontaga yetgan.

Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,7 % ga koʻp.

Hududlar kesimida parrandalar soni:

Toshkent viloyati – 16,7 mln bosh

Samarqand viloyati – 13,8 mln bosh

Andijon viloyati – 9,2 mln bosh

Fargʻona viloyati – 8,6 mln bosh

Buxoro viloyati – 7,1 mln bosh

Xorazm viloyati – 6,9 mln bosh

Namangan viloyati – 6,6 mln bosh

Qashqadaryo viloyati – 6,1 mln bosh

Surxondaryo viloyati – 5,4 mln bosh

Qoraqalpogʻiston R. – 5 mln bosh

Jizzax viloyati – 3,8 mln bosh

Navoiy viloyati – 3,7 mln bosh

Sirdaryo viloyati – 3,6 mln bosh