Qayd etish kerakki, savdo tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1- aprel holatiga Sirdaryo viloyatida 4 153 ta faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxonalari tashkil etdi. So‘nggi yillarda savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:
2020- yilda – 4 160 ta
2021- yilda – 4 970 ta
2022- yilda – 5 058 ta
2023- yilda – 4220 ta
2024- yilda – 4 153 ta