03/05/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyatida 25,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 10,0 ming tonnaga ko‘paydi.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (42,3 %), Afg‘oniston (28,6 %), XXR (5,7 %), hamda Qozog‘iston (4,7 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.