30/04/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston xorijga qiymati 219,8 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 375,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Bu koʻrsatgich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 72,5 % ga yoki 157,7 ming tonnaga koʻpaygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (26,2 %), Rossiya (25,1 %),  Qozogʻiston (10,5 %) va Xitoy (9,2 %)  davlatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

2024-yilning yanvar-mart oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,4 % ini tashkil etgan.