Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyat Kengashi tomonidan joriy yilning 26-28- aprel kunlari Xorazm viloyatining Xiva shahriga ma’naviy va madaniy sayohat tadbiri uyushtirildi. Sayohat ishtirokchilari ko‘hna va navqiron Xiva shahri obidalari, tabiiy goʻzalligi va ushbu maskanning tarixi, ziyoratgohlari bilan yaqindan tanishishdi.
Sayohatchilar Yuneskoning butun jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan “Ichan qal’a” eski shahar majmuasi, ko‘p sonli masjidlar, madrasalar, minoralar va darvozalar, xususan, Muhammad Aminxon madrasasi va unga olib chiquvchi Ota darvoza, 1855- yillarga oid qurilishi tugallanmagan “Kalta minor” nomli moviy minora, Xon qarorgohi, eski qo‘rg‘on, masjid va qabullar uyi, haram, zarbxona, qurol-yarog‘ ombori va hibsxona (zindon)ni o‘z ichiga olgan Ko‘hna arkni tomosha qilib, xursand bo‘lib, yuqori kayfiyatda qaytishdi.