Joriy yilning 24- aprel kuni 28- aprel – “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan O‘zbekiston kasabalar uyushmasi Federatsiyasi Sirdaryo viloyati Kengashida Mehnat muhofazasi va xavfsizlik boʻyicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan tashkil etilgan Respublika koʻrik tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Ushbu koʻrik tanlovda Sirdaryo viloyat statistika boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Gulsara Jurayeva ishtirok etib mehnat muhofazasi va xavfsizlik boʻyicha “Eng yaxshi tashkilot” nominatsiyasi boʻyicha 1- darajali diplom bilan taqdirlandi.
Gulsara Jurayevani ushbu 1- darajali diplom bilan Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi jamoasi muborakbod etadi, kelgusidagi faoliyatida omad va zafarlar tilaydi hamda yaqindan ko‘makchi bo‘ladi.