Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-mart oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 45,4 trln soʻmni tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,6 % ga koʻp.
2024-yil yanvar-mart oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 75,3 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirilgan:
Fermer xoʻjaliklari – 7,0 ming tonna
Dehqon xoʻjaliklari– 47,1 ming tonna
Qishloq xoʻjaligi tashkilotlari – 21,2 ming tonna