29/04/2024

2024- yilning 1- aprel holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 12823 tani tashkil etib, 82,6 foizini (10591 tani) kichik tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

Guliston shahri – 3 074 ta

Sirdaryo tumani – 1 619 ta

Boyovut tumani – 1 177 ta

Mirzaobod tumani – 1 112 ta

Sardoba tumani – 1 003 ta

Guliston tumani – 994 ta

Sayxunobod tumani – 974 ta

Yangiyer shahri – 894 ta

Oqoltin tumani – 856 ta

Xovos tumani – 785 ta

Shirin shahri – 335 ta