Joriy yilning 26- aprel kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida “Huquqiy bilimlar kuni” doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlarining milliy bazasi - “Lex.uz”dan olingan, Statistika agentligi hamda Adliya boshqarmasi tomonidan yuborilgan normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi yuzasidan videoaloqa orqali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda, boshqarma bosh yuriskonsulti K.Gaynazarova yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan targʻibot materiallari toʻplami (slayd, infografika)dan foydalangan holda tanishtirib, ayrimlarning mazmuniga qisqacha toʻxtalib, tushuntirishlar berib o‘tdi.
Oʻquv mashgʻuloti davomida tizim xodimlariga Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son qarori yuzasidan tayyorlangan rolik taqdim etildi. Ushbu hujjat boʻyicha xodimlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Shuningdek, o‘quv mashg‘uloti davomida K.Gaynazarova tomonidan tizim xodimlariga, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida”, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6257-son Farmoni va “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5177-son qarori haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Oʻquv mashgʻuloti yakunida tizim xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha kuchli oʻnlikdan oʻrin olgan yagona Osiyo davlati boʻlmish Singapur tajribasi toʻgʻrisida videorolik namoyish etildi.