Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston Respublikasida jami 16,2 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.
Respublikada bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 20,2 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarning ulushi 61,8 % hamda norasmiy sektorda bajarilgan qurilish ishlari ulushi 18 % ni tashkil etdi.