25/04/2024

2024- yilning yanvar-mart oylarida YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 104,2 % (YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi – 18,7 %), sanoatda – 107,1 % (40,8 %), qurilishda – 104,5 % (6,4 %), xizmatlar sohasida – 105,6 % (34,1 %)ni tashkil etdi.

Xizmatlar sohasi tarkibida o‘sish sur’atlari savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 107,6 % (5,4 %), tashish va saqlash, axborot va aloqa 114,7 % (4,3 %), boshqa xizmat tarmoqlarida 103,6 % dan (24,4 %) iborat bo‘ldi.