24/04/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114- son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha hisobot topshiruvchilar, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari xodimlarining savodxonligini oshirish maqsadida,  Joriy yilning 24- aprel kuni Statistika agentligi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti hamda Sirdayo viloyati statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda “Statistika” yo‘nalishida qisqa muddatli sayyor o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sayyor o‘quv kursida institut direktori professor B.K.G‘ayibnazarov, “Statistika” kafedrasining katta o‘qituvchisi Sh.R.Djumaniyazov va Sirdayo viloyati statistika boshqarmasining statistika hosobotlarini qabul qiluvchi mas’ullari o‘zlarining taqdimotlari va video darslari bilan qatnashdilar.

Shuningdek, tinglovchilarning statistika hisobotlarni tayyorlash va topshirish jarayonlarida yuzaga kelayotgan savollariga atroflicha javoblar berildi va muammoli vaziyatlarga joyida yechimlar ko‘rsatildi.

Ushbu sayyor o‘quv kurslari joriy yilning 26- aprel kunigacha bo‘lib o‘tishi belgilangan.