Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylari yakuniga koʻra, koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlar (25,1 %) tashkil etdi.
Shu bilan birga, yuqori koʻrsatkichlar transport xizmatlari (24,8 %), savdo xizmatlari (19,6 %), aloqa va axborotlashtirish (6,8 %), shuningdek, boshqa xizmatlar (4,4 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.