23/04/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024-yil 1- aprel holatiga, 404 676 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.

Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:

savdo sohasida – 155 980 ta;

sanoat sohasida – 62 677 ta;

qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 33 694 ta;

qurilish sohasida – 31 454 ta;

yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 27 886 ta;

tashish va saqlash sohasida – 17 111 ta;

axborot va aloqa sohasida – 9 957 ta;

sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 451 ta;

boshqa sohalarda – 56 466 ta.