22/04/2024

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-mart oylarida Sirdaryo viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda –YAHM) hajmi joriy narxlarda 4 650,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning yanvar-mart oylari  bilan taqqoslaganda 5,8 % ga o‘sdi.

YAHM deflyator indeksi 2023- yilning yanvar-mart oylari narxlariga nisbatan 114,8 % ni tashkil qildi.

O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Sirdaryo viloyatining qo‘shgan hissasi 1,9 % ga yetdi.