19/04/2024

Joriy yilning 19- aprel kuni Viloyat statistika boshqarmasi xodimlari oʻrtasida navbatdagi “Qadriyat - inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat hodisalari majmuidir” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Ushbu davra suhbatida boshqarma boshligʻining oʻrinbosari S.Yaxyayev, boshqarmaning maʼnaviyat ishlari boʻyicha mas’ul xodimi G.Ismoilova, shuningdek, boshqarma xodimlaridan Q.Maxkamov, Gʻ.Sanginovlar soʻzga chiqib, mavzu yuzasidan oʻz fikr va mulohazalari bilan boʻlishishdi.