Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 417,1 mingtani tashkil etgan.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlari sonining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida 87,5 mingtani tashkil etgan.
Shu bilan birga hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan kichik korxona va ikrofirmalar soni:
Toshkent viloyati – 38 953 ta
Samarqand viloyati – 37 398 ta
Fargʻona viloyati – 36 238 ta
Qashqadaryo viloyati – 27 980 ta
Buxoro viloyati – 27 594 ta
Andijon viloyati – 24 381 ta
Xorazm viloyati – 23 854 ta
Namangan viloyati – 23 136 ta
Qoraqalpogʻiston Resp. – 22 066 ta
Surxondaryo viloyati – 20 589 ta
Navoiy viloyati – 19 539 ta
Jizzax viloyati – 16 677 ta
Sirdaryo viloyati – 11 217 tani tashkil etdi.