16/04/2024

Joriy yilning 16- aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Statistika kengashining 2024- yil 22- martdagi 1- son bayoniga berilgan ustuvor vazifalar ijrosini, jumladan, yuridik shaxslar hisobini yuritishda o‘zaro ma’lumotlar bir xilligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasida tuzilgan ishchi guruh bilan joylarga chiqqan holda o‘rganishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan, Statistika agentligining Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i N. Sheraliyev hamda viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida ishchi guruh uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 Uchrashuv doirasida ishchi guruh tomonidan yuridik shaxslar faollik holati yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilishi belgilab olindi.