16/04/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 14 142,4 ming boshni (2023-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 102,1 %) tashkil etdi.

Shundan, sigirlar – 5 046,3 ming boshni (101,8 %), qoʻy va echkilar – 24 118,3 ming boshni (102,2 %), otlar – 275,9 ming boshni (102,6 %) hamda parrandalar – 103 046,5 ming boshni (105,8 %) tashkil etdi.