Amir Temur ibn amir Taragʻay 1336- yil 9- aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xoʻja Ilgʻor qishlogʻida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Taragʻay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi boʻlgan.
Buyuk davlat arbobi, o‘rta asrlar islohotchisi, sarkarda, adolat uchun tolmas kurashchi, bobokalonimiz Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va ta’lim mislsiz darajada yuksalgan edi.
Tarix Amir Temurni makedoniyalik Iskandar, Doro I, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorga qo‘yadi.
“Kuch – adolatdadir” shiori sohibqiron davlati hududida axloqiy va ma’naviy mezonga aylangan edi.
Bugun buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 688 yil to‘ldi.
Davlat ishlarining toʻqqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur.
Amir Temur