2024- yilning yanvar-fevral oylarida kiyim ishlab chiqarishning ishlab chiqaradigan sanoat tarkibidagi ulushi 4,6 % bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 4,0 m oshdi va ishlab chiqarish hajmi 52,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Ma'lumot uchun: Kiyim ishlab chiqarish – barcha materiallardan (masalan, teri, toʻqimachilik gazlamalari, toʻqilgan va trikotaj gazlamalari va h.k.) barcha tikish mahsulotlarini (tayyor yoki alohida buyurtma boʻyicha qilingan), kiyimlarning barcha turlari (masalan, ustki kiyim, erkaklar, ayollar va bolalar uchun ichki kiyimlar, ish, ofis, kundalik yoki sport kiyimlari va h.k.) va aksessuarlarni ishlab chiqarishni oʻz ichiga oladi.