Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 8,9 % ni yoki 4,1 trln. soʻmni tashkil etdi. Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 41,7 trln. soʻm yoki jami investitsiyalarning hajmi 91,1 % i oʻzlashtirildi.