01/04/2024

Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi va ko‘rsatmalari bilan yurtimizni ekologik tahdidlarning salbiy ta’siridan himoya qilish maqsadida barcha hududlarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishga faol hissa qo‘shish maqsadida, joriy yilning 31- mart kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo tumani “Beshbuloq” mahallasi, “Sultonqul ota” fermer xo‘jaligi dala maydoni atrofiga 2000 dona terak ko‘chatlari ekildi.