Sirdaryo viloyatida 2024- yilning 1- mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 13 109 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 10 879 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Guliston shahri – 2 588 ta
Sirdaryo tumani – 1 371 ta
Mirzaobod tumani – 976 ta
Boyovut tumani – 954 ta
Guliston tumani – 853 ta
Sayxunobod tumani – 847 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 4 174 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 060 ta
sanoat sohasida – 1 443 ta
qurilish sohasida – 1 003 ta