29/03/2024

Sirdaryo viloyatida 2024- yilning yanvar-fevral oylarida norasmiy sektorda qurilish ishlarining ulushi 11,0 % ni yoki 50,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 125,1 % ga yetdi. Shundan, 41,2 mlrd. so‘mi yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga to‘g‘ri kelib, 2023- yilning mos davriga nisbatan 132,1 % ni, jismoniy shaxslar tomonidan noturar-joylar qurilishi 0,9 mlrd. so‘mni va 64,1 %, yakka tartibdagi turar-joylarni ta’mirlash ishlari 8,1 mlrd. so‘mni va 107,0 % ni tashkil etdi.