Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 176 523,9 mlrd. soʻmni yoki 2022-yilning yanvar-dekabriga nisbatan oʻsish surʻati 113,9 % ni tashkil etdi.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi, tegishli davrda:
2021-yilning yanvar-dekabrida 124 907,9 mlrd. soʻm;
2022-yilning yanvar-dekabrida 143 892,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan.