Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga Respublikamiz boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda yirik shoxli qoramollar soni 14,1 mln. boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,1 % ga koʻpaydi.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, yirik shoxli qoramollar umumiy sonining 90,8 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 7,3 % i – fermer xoʻjaliklari, 1,9 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.