Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar oyida sartaroshxona va goʻzallik salonlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 637,3 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
2023-yil yanvariga nisbatan oʻsish surʼati 109,3 % darajasida qayd etildi.
2024-yilning yanvar oyida sartaroshxona va goʻzallik salonlari xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida 115,7 mlrd. soʻm darajasida qayd etilgan.