16/03/2024

    Yurtimizda 16-18- mart kunlari – “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari munosabati bilan viloyatimizdagi barcha korxona va tashkilotlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham ushbu o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etdilar. Daraxtlarga shakl berilib, oqlash, yer maydonlarini begona o‘t va chiqindilardan tozalash kabi ishlarni uyushqoqlik bilan amalga oshirdilar.

    Navro‘z bayrami arafasida o‘tkazilgan ushbu obodonlashtirish ishlari boshqarma binosi va hovlisiga o‘zgacha ko‘rk va fayz bag‘ishladi.