15/03/2024

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 1 089,4 mlrd. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 2 marta oshdi.

Yirik korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 16,3 % ni tashkil etib, 2023-yildagi koʻrsatkichga nisbatan 6,1 % punktga koʻpaydi.