Ayol - borliq ko‘zgusi. Uning go‘zalligi olamni charog‘on etadi. U oilani ham, jamiyatni ham birlashtirib, fayz-u baraka kiritadi. Xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladi.
Bugun viloyat statistika boshqarmasida 8- mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Yaxyayev boshchiligida bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram tadbirida tizimda faoliyat olib borayotgan barcha ayol-qizlarga boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Yaxyayev va boshqarma yigitlari tomonidan samimiy tilaklar bildirilib, Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Fursatdan foydalanib, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi betakror va latofatli ayol-qizlarimizni ushbu bahoriy ayyom bilan muborakbod etamiz! Doimo fasli navbahor kabi latofatli bo‘lishingizni tilab qolamiz.