2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, parrandalarning umumiy bosh soni 4 698,6 mingtaga yetdi.
2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda parrandalar bosh soni – 383 336 taga (8,9 %) ko‘paydi.
2024- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, parrandalar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami parrandalarning 62,9 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.