Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil yanvar-dekabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi kichik tadbirkorlik subyektlarining yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 13,5 trln. soʻmni tashkil etdi.
Shuningdek, yashash va ovqatlanish xizmatlari umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi deyarli toʻrtdan uch qismini egallab, 73,8 % ni tashkil qildi.