Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar oyi yakuniga koʻra, jami bozor xizmatlari hajmi 16,8 % ga oshdi.
Shundan moliyaviy xizmatlar (127,1 %), sogʻliqni saqlash (126,7 %), boshqa xizmatlar (123,3 %), taʼlim sohasidagi (122,2 %) hamda aloqa va axborotlashtirish (118,9 %) xizmatlarida yuqori oʻsish surʼati qayd etildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha oʻsish surʼatlari:
moliyaviy xizmatlar – 127,1 %;
sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar –126,7 %;
boshqa xizmatlar – 123,3 %;
taʼlim sohasidagi xizmatlar – 122,2 %;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 118,9 %;
yashash va ovqatlanish xizmatlari – 115,8 %;
savdo xizmatlari – 112,1 %;
ijara xizmatlari – 111,7 %;
koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar – 111,4 %;
meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 111,0 %.
transport xizmatlari – 109,9 %;
shaxsiy xizmatlar – 109,8 %;
kompyuter va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar – 109,5 %.