05/03/2024

     Joriy yilning 5- mart kuni Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasida amaldagi jamoa shartnomasi bandlarining 2023- yilda bajarilishi bo‘yicha mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda boshqarma, tuman va shahar statistika bo‘limlarining barcha xodimlari, tarmoq kasaba uyushmasi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi B.Usmanov va yuriskonsulti                        S. Tog‘ayevlar ishtirok etdi.

     Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari S. Yaxyayev va boshqarma Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi                      G. Jurayevalarni Jamoa shartnomasi shartlarini 2023- yilda bajarilishi bo‘yicha hisoboti tinglandi. Yig‘ilish davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga Kengash raisi B. Usmanov va yuriskonsult S. Tog‘ayevlar tomonidan javoblar berildi.