05/03/2024

2024- yilning 1- fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 13 329 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilib, shundan xususiy korxonalar soni 1 248 tani tashkil qildi (ulushi 9,4 %).

Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Guliston shahri – 433 ta

Boyovut tumani – 140 ta

Guliston tumani – 128 ta

Sirdaryo tumani – 115 ta

 

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

savdo sohasida – 524 ta

sanoat sohasida – 154 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 137 ta

qurilish sohasida – 131 ta