2024- yilning yanvar oyida Sirdaryo viloyatida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 38,3 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 18,1 % ga o‘sdi. Ishlab chiqarish hajmi 189,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi.