01/03/2024

     Joriy yilning 1- mart kuni viloyat statistika boshqarmasi tizimida, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi doirasida “Korrupsiyani birga yengamiz” shiori ostida seminar oʻtkazildi. Seminarda boshqarma shuningdek, tuman (shahar) statistika boʻlimlari xodimlari masofadan, videoaloqa orqali ishtirok etdilar. Tadbirda oʻz maʼruzalari bilan Guliston shahar Iso oʻgʻli Muso masjidi imom xatibi Jalolov Avazxon domla, viloyat Adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Axrorov Akbar hamda Ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor vakili Barlibayev Karimjon qatnashdilar. Ular tomonidan korrupsiya boʻyicha asosiy tushunchalar, ushbu sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishda erishilgan natijalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

    Seminar yakunida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.