Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023-oʻquv yili boshiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishida 477 432 nafar xotin-qizlar tahsil olgan.
Oʻqiyotgan xotin-qizlar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:
Taʼlim – 237 604 nafar
Sanʼat va gumanitar fanlar – 61 917 nafar
Biznes, boshqaruv va huquq – 31 265 nafar
Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 31 242 nafar
Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 29 703 nafar
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 27 903 nafar
Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 21 875 nafar
Qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 15 199 nafar
Xizmatlar – 11 825 nafar
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 8 899 nafar