29/02/2024

2024– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 394,2 mingtaga yetdi.

2023– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilarning bosh soni – 15 731 boshga (4,2 %) ko‘paydi.

2024– yilning 1– yanvar holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami qo‘y va echkilarning 78,0 % dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.