29/02/2024

2024- yilning 1- fevral holatiga Sirdaryo viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni  4 262 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, jami korxonalarning 32,0 foiz ulushini tashkil etdi, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 4 255 taga to‘gri keldi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan savdo korxona va tashkilotlari soni quyidagicha taqsimlangan:

Guliston shahri – 1 177 ta

Sirdaryo tumani – 598 ta

Guliston tumani – 363 ta

Boyovut tumani – 357 ta

Yangiyer shahri – 323 ta

Sardoba tumani – 318 ta

Mirzaobod tumani – 281 ta

Sayxunobod tumani – 273 ta

Oqoltin tumani – 238 ta

Xovos tumani – 218 ta

Shirin shahri – 116 ta